Kafedra tarixi
Qarshi Davlat Universitetida Psixologiya bo‘limi 1994 yilda tashkil etilib, uzoq yillar davomida keng profilli psixologlar tayyorlab kelmoqda. Shu yildan e’tiboran bo‘lim qoshida Psixologiya kafedrasi mutaxassis chiqaruvchi kafedra sifatida ham o‘z faoliyatini boshlagan. Ayni vaqtga qadar kafedrani psixologiya fanlari nomzodi, dotsent G.X.Mazitova, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Boymurodov, psixologiya fanlari doktori, professor A.M.Jabborov, psixologiya fanlari nomzodi, professor X.Karimov, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor M.X.Fayzieva, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Z.X.Fayziev va ayni vaqtda psixologiya fanlari doktori (DSc), professor B.Jurayev boshqarib kelmoqda.
"Kafedrada 6 ta Psixologiya fanlari doktori,
5 nafar professor,
9 nafar psixologiya fanlari nomzodi, dotsentlar va psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) mutaxassislar faoliyat olib bormoqda."
Psixologiya kafedrasi bir qator rivojlangan davlatlar – Turkiya (Nexmeddin Erbekan Universiteti, Akdeniz universiteti), Rossiya (KazanFU Psixologiya instituti, Baltiyskiy gumanitar institut) bilan hamkorlik aloqalari asosida keng ko‘lamli ishlar olib bormoqda.