Qarshi davlat universiteti
180119, Qarshi shahri
Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy
kasu_info@edu.uz
Fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlash; Ta’limning barcha masalalari bo‘yicha talabalarga axborot xizmati ko‘rsatish va tushuntirish ishlarini olib borish; Fakultet bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash va farmoyishlar chiqarish; Yuqori tashkilotlarning ko‘rsatmalariga asosan fakultet bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash; Talabalar faoliyatiga oid ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, saqlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish; Talabalar kontingenti monitoringini olib borish; Hemis tizimida talabalar o‘zlashtirish natijalarini monitoring qilib borish; Hemis tizimida qaydnomalarini rasmiylashtirish, ularning o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilishini nazorat qilish va saqlash; Semestr natijalarini umumlashtirish, hisobotlarni tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda Oliy ta’lim muassasa o‘quv-uslubiy boshqarmasiga taqdim etish; Semestr natijalari va stipendiya komissiyasi qaroriga asosan talabalarga stipendiyalar belgilash va ularni kursdan kursga o‘tkazish xususidagi buyruq loyihalarini tayyorlash; Bitiruvchi bakalavr va magistr talabalarning talabalik guvohnomasi, baholash daftarchasi, o‘quv va shaxsiy varaqalarini OTM talabalar bo‘limiga o‘rnatilgan tartibda topshirish; Bitiruvchi talabalarga tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash.