Qarshi davlat universiteti
180119, Qarshi shahri
Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy
kasu_info@edu.uz
Fakultetda “Modernizatsiyalashgan ta’lim texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish uslublari”, “Pedagogika fanining dolzarb muammolari” va “Psixologik tadqiqotlar va innovatsiyalar” nomli ilmiy-metodik seminarlar doimiy faoliyat yurutmoqda. 2024/2025-o`quv yili davomida fakultet professor – o`qituvchilari tomonidan 17 ta darslik va 18 ta o‘quv qo‘llanmalari nashr ettirildi va o‘quv jarayoniga tadbiq etildi. Shu bilan bir qatorda, ilmiy tadqiqot ishlarini natijasi sifatida 12 ta monografiya hamda xalqaro Scopus va Web of Science ilmiy nashrlarida maqolalar chop ettirildi. Fakultet professorlari R.D.Shodiyev, Sh.O‘.Nurullayeva, N.Oripova, A.Jabborov, M.Fayziyeva va B.Jo`rayevlar ilmiy rahbarligida 15 nafardan ortiq falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari himoya qilindi. 5 ta ilmiy ixtisosliklar bo`yicha doktarant va mustaqil ilmiy izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda. Iqtidorli talabalar bilan “Ustoz-shogird” tizimi yo`lga qo`yilgan. Fakultet professor-o`qituvchilari tomonidan fundamental va amaliy loyiha ishlari bo`yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.