Boshlang'ich ta'lim

Shodiyev Rizamat Davronovich

Shodiyev Rizamat Davronovich

  • ILMIY DARAJA
  • UNVON
  • MUTAXASSISLIGI
  • MANZIL ,
  • E-MAIL
  • TELEFON
BATAFSIL

Kafedra tarixi

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi 1960 yilda “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” nomi bilan tashkil topgan. Turli yillarda M.Ochilov, T. G‘afforova, T.Rasulov, SH.Nurullayeva, N.Oripova kabi olimlar kafedraga mudirlik qilgan. 2014-2018 yillar davomida ijtimoy pedagogika va maktabgacha ta’lim kafedrasi optimallashganligi sababli kafedra nomi “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi deb nomlandi. 2018-yil oktabr oyida Qarshi davlat universitetitarkibi tuzilmasiga о‘zgartirish kiritilganligi bois “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi nomi bilan qayta tashkil etildi. Professor Malla Ochilov va Tal’at G‘afforovalar kafedraning ravnaqiga juda katta hissaqо‘shgan olimlardan hisoblanadi M.Ochilov 1960 yildan 2010 yilgacha kafedrada faoliyat kо‘rsatdi. U о‘z faoliyati davomida yoshlarni yetuk mutaxassis, komil inson qilib tarbiyalashga ulkan hissa qо‘shdi, yuzdan ortiq ilmiy maqolalar, risolalar va darsliklar yozib, nashrdan chiqardi. О‘nlab fan nomzodi tayyorlab, kо‘plab doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy maslahatchi bо‘ldi. U “Oliy maktab pedagogikasi” darsligining muallifidir. Shuningdek, “Yangi pedagogik texnologiyalar”, “О‘qituvchi odobi” kabi kо‘plab о‘quv qо‘llanmalarini nashrdan chiqardi. Olim ilk bor buyuk pedagog Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarini о‘zbek tiliga tarjima qildi. Professor M.Ochilovning “Oliy maktab pedagogikasi” nomli darsligi hozirgi kunda ham magistratura bosqichi talabalari uchun asosiy adabiyotlardan biri bо‘lib qolmoqda. 2002-2009 yillarda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Tal’at G‘afforova rahbarlik qildi. Uning rahbarlik jarayonida kafedraning ilmiy salohiyati kо‘tarildi. U hammualliflikda boshlang‘ich sinf о‘quvchilari uchun “Alifbe”, “О‘qish” darsliklarini nashrdan chiqardi. 2014-yildan hozirgi kunga qadar kafedraga pedagogika fanlari doktori, professor Shadiyev Rizamat Davronovich rahbarlik qilib kelmoqda. R.Shadiyev boshchiligida “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasida ilmiy salohiyatni oshirish bо‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Sо‘nggi besh yil mobaynida universitet miqyosida kafedralar orasida, kafedra reytingiga kо‘ra bir necha marotaba birinchi о‘rinni egallab kelmoqda. Shadiyev Rizamat Davronovich qayerda va qaysi lavozimda faoliyat yuritmasin, hukumatimizning fan, ta’lim, yoshlar ma’naviyatini takomillashtirishga oid davlat siyosatini ado etishda о‘z sohasining jonkuyari sifatida halol mehnati, chuqur bilimi va cheksiz salohiyatini namoyon etib kelmoqda. Ustozning ilmiy faoliyatlari munosib boholanib, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-sentabrdagi farmoniga binoan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Kafedrada 14 nafar professor о‘qituvchi faoliyat yuritayapti. Ulardan 2 nafari pedagogika fanlari doktori, professor; 1 nafari pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori, professor, 9 nafari pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent va 2 nafari katta о‘qituvchi, hisoblanadi. Kafedra salohiyati bugungi kunda 86% ni tashkil etadi. Kafedra qoshida “Modernizatsiyalashgan ta’lim texnologiyalari” nomli ilmiy-metodik seminar doimiy faoliyat olib bormoqda. Kafedra qoshida 13.00.01-Pedagogika nazariyasi Pedagogik ta’limotlar tarixi hamda 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bо‘yicha PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 raqamli ilmiy kengash faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Mazkur kengashda hozirgi kunga qadar bir qator doktarantlar, mustaqil izlanuvchilar muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bо‘lishdi. Sо‘ngi ikki yil davomida kafedra a’zolari tomonidan 10 ta darslik va 9 ta о‘quv qо‘llanmalari uchun nashr guvohnomalariga ega bо‘linib chop ettirildi hamda о‘quv jarayoniga tatbiq etib kelinmoqda. 2024-2025 о‘quv yili davomida ilmiy tadqiqot ishlarini natijasi sifatida 3 ta monografiya ham chop ettirilgan. Iqtidorli talabalarning ilmiy maqolalari ilmiy nashrlarda chop etib kelinmoqda. Kafedra tomonidan tashkil etilgan “Ta’limdagi innovatsion va integratsion jarayenlarning uzviyligi hamda uzluksizligi: muammolar va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida iqtidorli talabalardan F. Shoimova, A. Naimova, M. Xushvaqtovalarning maqolasi pedagogik yо‘nalishdagi maqolalar ichida eng yaxshisi deb topildi. Boshlang‘ich ta’lim yо‘nalishi talabalari S. Qurbonova, A. Sharkovalar kafedra professor–о‘qituvchilari prof. SH. Nurullayeva, dotsent M. Kazakovalar rahbarligida Navoiy davlat stipendiyasi sovrindori bо‘ldi. Kafedra qoshida “Iqtidorli talabalar guruhi” tashkil etilib, yо‘nalishning eng zukko, iqtidorli, tashabbuskor talabalari saralab olingan. Kafedra professor-о‘qituvchilari о‘qitadigan fanlar viloyat ta’limi muassasalari va umumiy о‘rta ta’lim maktablaridagi boshlang‘ich ta’lim jarayoni bilan uzviy bog‘liq holda olib borilmoqda. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va malakaviy amaliyot davomida, talabalar bitiruv malakaviy ishlari uchun mavzu tanlashda maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy о‘rta ta’lim tizimidagi muammolar alohida e’tiborga olinmoqda. Shuningdek, ta’lim-tarbiya tizimiga ilm-fan yutuqlaridan, ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishga doir yangiliklardan va jahon tajribasidan keng foydalanilmoqda. Kafedra qoshida “Qiziqarli matematika”, “Mohir qо‘llar” tо‘garaklari tashkil etilgan. Mazkur tо‘garaklar B.Berdiyev, A.Umirovlar rahbarligida tashkil etilib, bugunga qadar iqtidorli talabalar bilan ishlab kelinmoqda.
Kafedraning xalqaro va respublika OTM va ITM lar bilan hamkorligi. Qarshi davlat universiteti va B.B.Gorodovikov nomidagi Qalmiq davlat universiteti о‘rtasida 2018-yil 20-aprelda tuzilgan shartnomaga asosan Pedagogika fanlari doktori professor Kekeyeva Zinaida Ochirovna Universitet rektorining 2025-yil 11-apreldagi 269 X sonli buyrug‘i bilan boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalariga Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fanidan 12 soat ma’ruza va seminar trening mashg’ulotlarini о‘tkazdi. Universitet rektorining tegishli buyrug’iga asosan Nurillayeva Shahlo Uktamovna Turkiya Respublikasi turk madaniyati tadqiqotlari instituteti hamda Gazi universitetining taklif xatiga kо‘ra 2024-yil 5-16-oktabr kuniga qadar stajirovka о‘tab qaytdi.

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP