Oripova Nodima Xalilovna
Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri
BATAFSIL
Kafedra tarixi
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi 1991-yilda Qarshi Davlat pedagogika institutida “Maktabgacha tarbiya” nomi bilan tashkil topgan. 1993-yilda kafedra nomi “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va metodikasi” nomi bilan yuritila boshlangan. 2010 yilda kafedra “Ijtimoy pedagogika- psixologiya va maktabgacha ta’lim” kafedrasi nomi bilan o‘zgargan. 2014-yil 1-apreldan universitet kafedralarining optimallashganligi sababli ushbu kafedra “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi tarkibiga qo‘shilgan va ”Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi deb nomlangan. 2018-yil oktabr oyida Qarshi davlat universiteti strukturasiga o‘zgartirish kiritilganligi bois “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tarkibidan “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi ajralib chiqdi va hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 1 nafar PhD professor, 2 nafar Phd dotsentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 2020-yilidan buyon 13.00.08- Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha PhD (tayanch doktorantura) faoliyat yuritmoqda. Hozirda 9 nafar doktorant tahsil olmoqda.
"Janubiy Joreyaning KOICA tashkiloti;
Belarus davlat universiteti (Belarus Respublikasi);
Qozon Federal universiteti."